Главная » 2015 » Ноябрь » 16

“O‘zbekiston”ning 16-qavatidan ko‘ringan Toshkent manzaralari


  • Admin
  • 16 Ноя 2015(12:52)
  • 726
  • 0
Toshkent haqida hikoya qiluvchi “MyTashkent.uz” loyihasi 16-noyabr kuni shaharning “O‘zbekiston” mehmonxonasi 16-qavatidan olingan fotosuratlarni omma e’tiboriga havola qildi.

Suratlarda Amir Temur xiyoboni, Toshkent kurantlari, Forumlar saroyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi kabi diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish mumkin.

Shuningdek, mehmonxonaning orqa tomonida joylashgan Radio uyi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi binosi, Le Grand Plaza mehmonxonasi ham suratlarda aks etgan.

Ma’lumot uchun, 1974-yilda foydalanishga topshirilgan “O‘zbekiston” mehmonxonasi 2008-yilda ta’mirdan chiqarilgan. Shaharning eng markazidagi 17 qavatli ushbu binoda mehmonlar uchun 278 xona xizmat ko‘rsatadi.

Теги: “O‘zbekiston”ning 16-qavatidan ko‘r

Всего комментариев: 0
avatar