Главная » 2015 » Сентябрь » 7

O‘zbekiston Orol fojiasi oqibatlarini yumshatishga 4,3 mlrd dollar yo‘naltiradi


  • News
  • 07 Сен 2015(14:24)
  • 644
  • 0
O‘zbekiston hukumati 2015—2018-yillarda Orol dengizi fojiasi oqibatlarini yumshatish, shuningdek, ushbu mintaqaning qayta tiklanishi va iqtisodiy rivojlanishi uchun 4,3 milliard dollar sarflaydi.

Xususan, dastur doirasida mintaqada suv manbalaridan oqilona foydalanish choralarini yaxshilashga 1,09 milliard dollar, aholi bandligini oshirish loyihalariga 321,2 million, aholi salomatligini yaxshilashga 433,7 million, ekotizim va bioxilma-xillikni qayta tiklashga 158 million dollar yo‘naltiriladi.

Shuningdek, Orolbo‘yi mintaqalar — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha jami 2,29 milliard dollarlik chora-tadbirlar ko‘rilishini nazarda tutadi.

Dastur 3,5 milliard dollarlik xorijiy qarz va kreditlar, 200 million dollarlik xalqaro grantlar va davlatning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Manba: Daryo.uz

Теги: 3 mlrd dollar yo‘naltiradi, O‘zbekiston Orol fojiasi oqibatlari

Всего комментариев: 0
avatar