Главная » 2016 » Сентябрь » 16

O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglari ro‘yxati e’lon qilindi


  • Pro_eXclusive
  • 16 Сен 2016(09:27)
  • 931
  • 0
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglarini tuzish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Hujjat matnini O‘zA keltirdi. Qaror “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9, 14-moddalariga muvofiq qabul qilindi. Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi quyidagi saylov okruglari tuziladi: 1-Qoraqalpog‘iston saylov okrugi Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Yoshlar markazi binosi, Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston ko‘chasi, 23-uy. Saylovchilar soni – 1188763 kishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi chegarasi doirasida. 2-Andijon saylov okrugi Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Andijon viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi binosi, Andijon shahri, Alisher Navoiy shohko‘chasi, 32-uy. Saylovchilar soni – 1984247 kishi. Andijon viloyati chegarasi doirasida. 3-Buxoro saylov okrugi Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Buxoro viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi binosi, Buxoro shahri, Alisher Navoiy shohko‘chasi, 3-uy. Saylovchilar soni – 1265163 kishi. Buxoro viloyati chegarasi doirasida. 4-Jizzax saylov okrugi Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi Jizzax viloyati bo‘limi binosi, Jizzax shahri, Sharof Rashidov shohko‘chasi, 70-uy. Saylovchilar soni – 844309 kishi. Jizzax viloyati chegarasi doirasida. 5-Navoiy saylov okrugi Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – “Farhod” madaniyat saroyi binosi, Navoiy shahri, Xalqlar do‘stligi shohko‘chasi, 58-uy. Saylovchilar soni – 641380 kishi. Navoiy viloyati chegarasi doirasida. 6-Namangan saylov okrugi Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Yoshlar markazi binosi, Namangan shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 15-uy. Saylovchilar soni – 1771067 kishi. Namangan viloyati chegarasi doirasida. 7-Samarqand saylov okrugi Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Samarqand davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litsey binosi, Samarqand shahri, Rudakiy ko‘chasi, 237-uy. Saylovchilar soni – 2373738 kishi. Samarqand viloyati chegarasi doirasida. 8-Sirdaryo saylov okrugi Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Sirdaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi binosi, Guliston shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 66-uy. Saylovchilar soni – 529810 kishi. Sirdaryo viloyati chegarasi doirasida. 9-Surxondaryo saylov okrugi Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – 1-bolalar musiqa va san’at maktabi binosi, Termiz shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 12-v uy. Saylovchilar soni – 1581214 kishi. Surxondaryo viloyati chegarasi doirasida. 10-Toshkent viloyati saylov okrugi Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Toshkent viloyati moliya boshqarmasi binosi, Toshkent shahri, Amir Temur shohko‘chasi, 17-uy. Saylovchilar soni – 1943289 kishi. Toshkent viloyati chegarasi doirasida. 11-Farg‘ona saylov okrugi Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Farg‘ona viloyati kengashi binosi, Farg‘ona shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 27-uy. Saylovchilar soni – 2417891 kishi. Farg‘ona viloyati chegarasi doirasida. 12-Xorazm saylov okrugi Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – “Barkamol avlod” bolalar markazi binosi, Urganch shahri, G‘afur G‘ulom ko‘chasi, 1-uy. Saylovchilar soni – 1167263 kishi. Xorazm viloyati chegarasi doirasida. 13-Qashqadaryo saylov okrugi Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – “O‘zgeoburg‘uneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasi binosi, Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 35-uy. Saylovchilar soni – 1984042 kishi. Qashqadaryo viloyati chegarasi doirasida. 14-Toshkent shahar saylov okrugi Okrug saylov komissiyasi joylashadigan manzil – Toshkent shahar hokimligi ma’muriy binolardan foydalanish departamenti binosi, Toshkent shahri, Amir Temur shohko‘chasi, 14-uy. Saylovchilar soni – 1742833 kishi. Toshkent shahri chegarasi doirasida. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy saylov komissiyasida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik muhokama qilingani va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarini tashkil etish haqida qaror qabul qilingani xabar berilgan edi.

Теги: O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘

Всего комментариев: 0
avatar