Главная » 2015 » Декабрь » 10

O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasidan o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi Bitimning Bayonnomasi kuchga kirdi


  • News
  • 10 Дек 2015(20:36)
  • 721
  • 0
2015-yilning 4-dekabr kuni 2012-yil 7-sentabrda Ostona shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston—Qozog‘iston davlat chegarasidan o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi 2006-yil 4-sentabrda imzolangan Bitim Bayonnomasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma kuchga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hujjat o‘tkazish punktlarining amaldagi ro‘yxatiga aniqlik kiritish, jumladan qo‘shimcha temir yo‘li o‘tkazish punktini qo‘shish va to‘rtta avtomobil o‘tish punktlarini qulaylashtirishni ko‘zda tutadi.

Mazkur xalqaro kelishuv ikki davlat transport aloqalarini takomillashtirish va mustahkamlash hamda tranzit salohiyatini yaxshilash imkonini yaratadi.

Ushbu Bayonnomaning to‘liq matni bilan www.lex.uz veb-sahifasida tanishish mumkin.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar