Главная » 2015 » Июль » 28

O‘zbekiston shimoli-g‘arbida 2018-yilgacha yangi temir yo‘l quriladi


  • Admin
  • 28 Июл 2015(18:27)
  • 439
  • 0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” 2016—2017-yillarda uzunligi 396,9 kilometr bo‘lgan yangi “Navoiy—Konimex—Misken” temir yo‘l yo‘nalishini qurishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

 

O‘zbekiston Prezidentining 27-iyuldagi qarorida aytilishicha, yangi yo‘nalish Buxoro, Xorazm va Navoiy viloyatlarining, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining salohiyatini to‘liqroq va samaraliroq o‘zlashtirish uchun quriladi.

Loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi. 2016—2017-yillarga mo‘ljallangan qiymati 283,1 million dollarlik birinchi bosqichda teplovoz yordamida poyezdlar harakatlanishi uchun temir yo‘l uchastkasi quriladi. Muddati va qiymati keyinroq e’lon qilinadigan ikkinchi bosqichda esa Markaziy Qizilqumdagi Quljuqtov va Auminzatov tog‘-kon massivlari resurslarini o‘zlashtirish natijasida mintaqa energiya bilan ta’minlanishi inobatga olinib, temir yo‘l elektrlashtiriladi.

Yangi uchastka Misken stansiyasida “Navoiy—Uchquduq—Sulton Uvays tog‘i—Nukus” yo‘nalishi bilan birlashib, shimoliy yo‘nlaishda yuk tashishni tezlashtirish imkonini beradi.

 

 

 
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar