Главная » 2016 » Август » 22

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti mo‘g‘ulistonlik murabbiylarning xatti-harakatini “sirk” deb atadi


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(17:10)
  • 248
  • 0
O‘zbekiston sport kurashlari vitse-prezidenti Shomurod Shofayziyev erkin kurash bo‘yicha -65 kilogramm vazn toifasidagi Rio–2016 Olimpiadasining bronza medali uchun o‘zbekistonlik Ixtiyor Navro‘zov va mo‘g‘ulistonlik Ganzorigiyn Mandaxnaran o‘rtasidagi jangda yuz bergan voqeaga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”. Navro‘zov va Mandaxnaran o‘rtasidagi bellashuv yakuniga 5 soniya vaqt qolganida 7:6 hisobida oldinda borayotgan mo‘g‘ulistonlik sportchi raqibidan ochiqchasiga qocha boshlagani uchun hakamlar o‘zbekistonlik sportchiga 1 ball berishga qaror qilgan edi. Mag‘lubiyatga chiday olmagan Mo‘g‘uliston termasi murabbiylari o‘z kiyimlarini yechib tashlagandi. O‘zbekistonlik kurashchining g‘alabasiga chiday olmagan mo‘g‘ulistonlik murabbiylarning holati (foto va video) “Takroriy vaziyatda hakamlarning xatosi bor ekani ko‘rindi. Aslida 2 ball berilishi kerak edi. Mo‘g‘ulistonlik sportchi qochib ketdi-ku. Agar u 2—3 soniya davomida qochmaganida, ball berilmasdi. Lekin unga passivligi uchun ball berildi. Bu haqqoniy, har qaysi murabbiy buni aytadi. Mo‘g‘ulistonliklar g‘alaba ularning cho‘ntagida deb o‘yladi. Bunday sirkni hayotimda birinchi marta ko‘ryapman. Bu madaniyatsizlik. Bizdan ham ochkolar olib tashlangan, lekin biz yechinmaganmiz. Mutaxassislar vaziyatni ko‘rib, g‘alaba sof ekanini aytsin”, – dedi Shomurod Shofayziyev.

Теги:

loading...
Всего комментариев: 0
avatar