Главная » 2015 » Март » 5

O‘zbekiston superkubogi o‘yiniga Ravshan Ermatov hakamlik qiladi


  • Admin
  • 05 Мар 2015(22:37)
  • 349
  • 0

O‘zbekiston superkubogini boshqarib borish vazifasi FIFA referisi Ravshan Ermatovga topshirildi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
“Paxtakor” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 8-mart kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 14:00 da boshlanadi.
Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Zaxira hakami vazifasini Vadim Agishev bajaradi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi Superkubok bahsini ham Ravshan Ermatov boshqargandi. Unda “Bunyodkor” “Lokomotiv”ni mag‘lub etgandi.
O‘zbekiston superkubogi. 8-mart. 14:00 (yakshanba)
“Paxtakor” (Toshkent) – “Lokomotiv” (Toshkent)
Hakamlar: R.Ermatov (Toshkent), A.Rasulov (Toshkent), J.Saidov (Toshkent), V.Agishev (Toshkent)
Nazoratchi: G.Imomov (Toshkent).

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar