Главная » 2015 » Сентябрь » 29

O‘zbekiston yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralaridan to‘liq qutuldi


  • News
  • 29 Сен 2015(12:56)
  • 467
  • 0
24-sentabr kuni yuqori darajada boyitilgan uranning so‘nggi zaxiralari O‘zbekistondan Rossiya Federatsiyasiga qayta ishlash uchun chiqarib ketildi.

Uranning yadro yoqilg‘isini qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan “Mayak” ishlab chiqarish birlashmasiga berilishi Rossiyaning tadqiqot reaktorlari yoqilg‘isini qaytarish dasturidagi so‘nggi qadamdir. U MAGATE (Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik), Rossiya va AQShning Yadro xavfini pasaytirish bo‘yicha global tashabbusi doirasida o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, reaktor, qurilma va u uchun mo‘ljallangan yoqilg‘i Sobiq Ittifoq o‘rta mashinasozlik vazirligi korxonalarida tayyorlangan. Reaktor 1975-yilda ishga tushirilgan. 2012-yildan buyon O‘zbekiston IIN-3M reaktorini foydalanishdan chiqarish bo‘yicha reja ustida ishlamoqda. Mamlakat Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning suyuq yoqilg‘ini saqlash bo‘yicha talablariga javob bera olmasligi tufayli, u Rossiyaga yoqilg‘ini qaytarib olish iltimosi bilan murojaat qilgan edi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar