Главная » 2016 » Февраль » 12

O‘zbekistonda 2016-yili 17,2 mingta Matiz Rossiyaning sertifikatlash talablari darajasiga yetkaziladi


  • News
  • 12 Фев 2016(10:07)
  • 350
  • 0
O‘zbekistonda 2016-yili Matiz rusumidagi 17,2 mingta avtomobil Rossiya Federatsiyasining sertifikatlash talablari darajasiga yetkaziladi. Bu masalada Janubiy Koreyaning GM Korea kompaniyasi tomonidan injiniring xizmati ko‘rsatiladi.

Shu yil avgustida chiqarila boshlanganiga 15 yil to‘ladigan ushbu model Rossiya bozoridagi eng arzon avtomobillar reytingida yanvar oyida ham peshqadamlikni saqlab qoldi.

“O‘zavtosanoat” AK ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilda kompaniya korxonalari tomonidan 7482,4 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Jami ishlab chiqarish hajmida xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlangan mahsulotlar ulushi 99,9 foizni tashkil etgan.

2016-yilda O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchilari 7 million dollarlik investitsiyadan 2,24 millionini o‘zlashtirishi ko‘zda tutilgan.

Теги: 2 mingta Matiz Rossiyaning sertifik, O‘zbekistonda 2016-yili 17

Всего комментариев: 0
avatar