Главная » 2015 » Ноябрь » 18

O‘zbekistonda aloqa operatorlarining kod va prefikslarini aniqlaydigan xizmati ishga tushirildi


  • Admin
  • 18 Ноя 2015(23:43)
  • 489
  • 0

“O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarining kod va prefikslari” xizmati yordamida mobil aloqa foydalanuvchilari O‘zbekistonda simli va simsiz aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi operatorlarning kodlari hamda prefikslarini aniqlashi mumkin bo‘ladi.
Biror mobil operator yoki hududga mansub telefon raqamining prefiksi, ya’ni birinchi uch raqamini tegishli katakchalarda ko‘rsatish orqali telefon raqamining muayyan kodlar orqali qaysi hududlarda foydalanilayotgani to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish mumkin.
Misol uchun, siz qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lgan, “157” raqami bilan boshlangan telefon raqamining kodini yoki uning qaysi hududga tegishli ekanligini bilmaysiz. Telefon raqamining ilk uchta old raqamlarini, ya’ni “157”ni tegishli katakka kiritib, “Tekshirish” tugmasini bosing. Shunda sizga ushbu old raqamli telefon raqamlari orqali 4 nafar mobil aloqa operatorlari tomonidan Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida aloqa xizmati ko‘rsatilishi to‘g‘risida ma’lumot taqdim qilinadi.

Теги: O‘zbekistonda aloqa operatorlarinin

Всего комментариев: 0
avatar