Главная » 2015 » Декабрь » 29

O‘zbekistonda benzin 45 so‘mga qimmatlashadi


  • News
  • 29 Дек 2015(19:02)
  • 295
  • 0
O‘zbekiston Prezidentining 22-dekabrdagi qaroriga muvofiq, benzin, dizel va transport vositalari uchun mo‘ljallangan gaz yonilg‘isi uchun yangi soliq stavkalari belgilandi.

Unga ko‘ra, 2016-yil 1-yanvardan e’tiboran benzin va dizel yonilg‘isi iste’moli uchun soliq stavkasi 45 so‘mga (bir litr uchun 290 so‘mdan 335 so‘mgacha), suyultirilgan gaz — 30 so‘mga (bir litr uchun 200 so‘mdan 230 so‘mgacha), siqilgan gaz esa 35 so‘mga (bir kubometr uchun 240 so‘mdan 275 so‘mgacha) oshiriladi.

Avtomobil yonilg‘isining chakana narxi uning iste’moli uchun belgilangan soliq stavkasini o‘z ichiga oladi. 1 litr Ai-80 avtobenzinining joriy narxi 2030 so‘mga, Ai-91 — 2235 so‘mga, Ai-95 — 2460 so‘mga, dizel yonilg‘isining narxi esa 2200 so‘mga teng.

Теги: O‘zbekistonda benzin 45 so‘mga qimm

Всего комментариев: 0
avatar