Главная » 2015 » Ноябрь » 15

O‘zbekistonda Coca-Cola ishlab chiqarish to‘xtatilishi haqidagi mish-mishlar rad etildi


  • Admin
  • 15 Ноя 2015(18:48)
  • 794
  • 0
Coca-Cola Bottlers Uzbekistan direktori o‘rinbosari Rustam Raufovning ma’lum qilishicha, texnik nosozliklar sabab kompaniyaning Toshkentdagi megazavodi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Biroq, 16-noyabr, dushanba kunidan boshlab mahsulot ishlab chiqarilishi to‘la hajmda qayta yo‘lga qo‘yiladi. Kompaniya faoliyati tugatilgani haqidagi axborot esa uydirmadan boshqa narsa emas, deydi kompaniya vakillari.

Ma’lumot uchun, Coca-Cola Bottlers Uzbekistan 2014-yil boshida ham “profilaktika ishlari sabab” mahsulot ishlab chiqarishni to‘xtatgan, biroq avgust oyidan zavod mahsulot ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘ygandi.
Всего комментариев: 0
avatar