Главная » 2015 » Ноябрь » 13

O‘zbekistonda davlat granti asosida o‘qiyotgan talabalar ta’limining tartibini o‘zgartirish rejalashtirilmayapti


  • News
  • 13 Ноя 2015(18:19)
  • 578
  • 0
O‘zbekistonda davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligini kafolatlovchi oliy ta’lim sohasidagi davlat siyosati tamoyillaridan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi o‘zgarishsiz qoldiriladi.

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmatining 11-noyabr kuni deputatlar tomonidan tasdiqlangan 2016-yilgi Davlat budjeti yuzasidan tarqatgan navbatdagi axborotida ma’lum qilingan.

Qayd etishlaricha, budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarida ta’lim olishning amaldagi tartibiga va oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida yoki to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning o‘qishini ko‘chirishning amaldagi qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilayotgani yo‘q.

Теги: O‘zbekistonda davlat granti asosida

Всего комментариев: 0
avatar