Главная » 2016 » Февраль » 8

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 4 so‘m 73 tiyinga oshdi


  • News
  • 08 Фев 2016(21:17)
  • 513
  • 0
O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 9-fevraldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2841 so‘m 60 tiyin etib belgilandi. Bu 2-fevraldagi kursga nisbatan 4 so‘m 73 tiyinga ko‘p.

9-fevraldan e’tiboran 1 yevro qiymati 3138 so‘m 99 tiyin (2-fevraldagi kursga nisbatan 45 so‘m 83 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 432 so‘m 45 tiyin (2-fevraldagi kursga nisbatan 1 so‘m 23 tiyinga qimmat), 1 Rossiya rubli esa 36 so‘m 74 tiyin (2-fevraldagi kursga nisbatan 1 so‘m arzon) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar