Главная » 2015 » Сентябрь » 3

O‘zbekistonda elektron savdo qoidalari loyihasi ishlab chiqildi


  • News
  • 03 Сен 2015(09:32)
  • 577
  • 0
O‘zbekiston hukumati O‘zbekiston Respublikasidagi elektron savdo-sotiq qoidalari loyihasini ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda “Infocom.uz” Vazirlar Mahkamasi rasmiy saytiga tayanib.

Qoidalar loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston hududida elektron chakana savdoni qonunchilikka muvofiq yuridik shaxs tuzmasdan turib tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirish huquqiga ega.

Shu bilan birga, sotish uchun alohida ruxsatnoma olish talab etiladigan tovarlar, bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilganidan buyon 12 oy muddati o‘tib bo‘lgan tayyor import iste’molchilik tovarlari elektron savdosini tashkil etish taqiqlanadi.

Sotuvchi xarid qilingan tovar pulini to‘lashni quyidagi usullar yordamida amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishi shart:

• naqd pul yoki bank plastik kartochkalaridan to‘lov qabul qilish terminalidan foydalanib;
• milliy bank kartasidan shaxsiy kabinet orqali mablag‘ ko‘chirish vositasida;
• yuridik shaxslar bank hisoblaridan qonunchilikda belgilangan tartibda pul mablag‘larini ko‘chirish orqali.

Manba: Daryo.uz
Всего комментариев: 0
avatar