Главная » 2015 » Декабрь » 28

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Matiz dekabrda ham Rossiyada sotilayotgan eng arzon avtomobil bo‘ldi


  • News
  • 28 Дек 2015(11:24)
  • 1068
  • 0

“Rossiyskaya gazeta” nashri 2015-yilning dekabr oyi holatiga ko‘ra Rossiyada sotilayotgan eng arzon avtomobillar reytingini tuzdi.

Eng arzon avtomobillar o‘nligida birinchi o‘rinni Rossiyada hozircha Daewoo brendi ostida sotilayotgan Matiz o‘zida saqlab qoldi.

Dvigateli hajmi 0,8 litr, quvvati 51 ot kuchiga teng, besh bosqichli mexanik uzatmalar qutisi bilan ta’minlangan Matiz noyabr oyida Rossiya bozorida 314 ming rubl (taxminan 4,5 ming dollar)dan sotildi.

Reytingning dastlabki o‘nligida Matiz’dan keyingi o‘rinlarni quyidagi avtomobillar egallagan:

2. Lifan Smily — 319,9 ming rubl

Foto: “Rossiyskaya gazeta”

3. Lifan Smily New — 364,9 ming rubl

Foto: “Rossiyskaya gazeta”

4. Lada Granta sedani — 368,9 ming rubl

Foto: “Rossiyskaya gazeta”

5. Lifan Solano — 379,9 ming rubl

Foto: “Rossiyskaya gazeta”

6. Lada Granta liftbeki — 388,5 ming rubl

Foto: “Rossiyskaya gazeta”

7. Geely GC6 — 389 ming rubl

Foto: “Rossiyskaya gazeta”

8. Chery Bonus (ZAZ Forza) — 389,9 ming rubl

Foto: “Rossiyskaya gazeta”

9. Renault Sandero xetchbeki — 399 ming rubl

Foto: “Rossiyskaya gazeta”

10. Datsun on-DO — 400 ming rubl

Foto: “Rossiyskaya gazeta”

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Matiz avtomobili noyabr oyida ham Rossiyada sotilayotgan eng arzon avtomobillar reytingida birinchi bo‘lgandi.

loading...
Всего комментариев: 0
avatar