Главная » 2015 » Ноябрь » 16

O‘zbekistonda Las-Vegasdagi qurilish bo‘yicha xalqaro ko‘rgazmada qatnashish uchun tanlov boshlandi


  • Admin
  • 16 Ноя 2015(12:55)
  • 441
  • 0
International Business Travel kompaniyasi 2—5-fevral kunlari AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan World of Concrete 2016 qurilish industriyasi bo‘yicha xalqaro ko‘rgazma va anjumanga to‘rtinchi an’anaviy sayohat uchun delegatsiya ishtirokchilarini tanlab olmoqda.

World of Concrete — beton va sementdan qurishga bag‘ishlangan dunyodagi eng yirik qurilish ko‘rgazmalaridan biri bo‘lib, 1975-yildan buyon Technology for Construction qurilish texnologiyalari ko‘rgazmasi bilan birgalikda o‘tkazib kelinadi. Ko‘rgazma tashrifchilari biznesni yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan barcha buyumlar, manbalar va qimmatli axborotlarni topishi mumkin. Bu yerda beton va toshdan bino va inshootlar qurish uchun mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, mashinalar, transport va uskunalarning juda keng tanlovi taqdim etiladi. Professional quruvchilar qurilish materiallari, eng yangi texnologiya va uskunalar, me’moriy, muhandislik va dizaynerlik yechimlari bilan tanishishi mumkin. Bu butun dunyoda beton va tosh bilan ishlash sohasidagi mutaxassislar uchun tijoriy qurilish industriyasidagi birinchi, eng katta va eng muhim an’anaviy xalqaro tadbirdir.

World of Concrete 2016 ko‘rgazmasi doirasida an’anaviy anjuman, g‘isht va toshdan qurishga ixtisoslashtirilgan World of Masonry (“G‘isht dunyosi”) ko‘rgazmasi o‘tkaziladi, shuningdek, sohaning professional ekspertlari 100 dan ortiq seminar tashkil qilib, u yerda qurilish sanoatiga tegishli muhim mavzular ko‘rib chiqiladi, soha dinamikasi muhokama qilinadi. Ko‘rgazmadagi ochiq maydonlarda zamonaviy texnika ishlari namoyish etiladi va yangi texnologiyalar sinovdan o‘tkaziladi.

IBT delegatsiyasi ishtirokchilari uchun afzalliklar:

• ekspozitsiyalarga bepul tashrif buyurish;
• ko‘rgazma markazidagi lounge vip hududdan foydalanish;
• Safarni tashkillashtirishda ko‘mak berish;
• Vizani rasmiylashtirishda ko‘mak berish.
Sayohatga qo‘shimcha bonus sifatida Zappos kompaniyasiga ekskursiya uyushtiriladi. O‘n yil ichida ofisi yotoqxonada bo‘lgan kompaniyadan ko‘p milliardli korporatsiyaga aylangan Zappos poyabzal internet-do‘koni dunyoda birinchi raqamli korporativ madaniyatga ega biznes hisoblanadi.

Ushbu ko‘rgazmaga tashrif buyurish O‘zbekiston qurilish industriyasi vakillari uchun an’anaga aylanib bormoqda. Bungacha uchta delegatsiya jo‘natilgan bo‘lib, ular tashrif yakunida beton ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘chma mini-zavod, ko‘chma beton terish moslamasini yetkazib berish, shuningdek, turli rangli maxsus sement buyurtma qilish haqidagi bitimlarni imzoladi.

Ko‘rgazmada qatnashish haqida batafsil ma’lumotlarni IBT kompaniyasi sayti (http://uz.ibt.uz/tours/288)dan yoki quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin:

+99890 998 64 45, +99890 993 00 25, +99890 977 24 25

Hujjatlarni topshirish muddati — 2015-yilning 10-dekabri.

Теги: O‘zbekistonda Las-Vegasdagi qurilis

Всего комментариев: 0
avatar