Главная » 2015 » Июль » 28

O‘zbekistonlik taekvondochilar Korea Open turnirida jami 45 ta medalga sazovor bo‘ldi


  • Admin
  • 28 Июл 2015(18:28)
  • 375
  • 0

Janubiy Koreyada Olimpiada o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan Taekvondoning WTF yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan Koreya ochiq chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 19 ta oltin, 16 ta kumush va 10 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi, deb xabar qiladi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi.

 

Dunyoning 72 davlatidan kelgan 2236 nafar sportchi ishtirokida bo‘lib o‘tgan Korea Open kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilib, kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmalari uchun reyting ochkolar ham o‘ynaldi.

Mazkur musobaqada amaldagi jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori Dmitriy Shokin (+87 kg), Osiyo o‘yinlari g‘olibi, jahon chempionati sovrindori Jasur Boyqo‘ziyev (-87 kg) va Mustafo Valiyev (-58 kg) barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Yana bir o‘zbekistonlik tajribali sportchi Nikita Rafalovich vazni 80 kilogrammgacha bo‘lgan taekvondochilar musobaqasida yarim finalga qadar yetib keldi va bronza medali bilan taqdirlandi.

Yoshlar, o‘smirlar va pumse yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqalarda esa O‘zbekiston sharafini himoya qilgan sportchilar 16 ta oltin, 16 ta kumush va 9 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, Taekvondo vatanida o‘tkazilgan navbatdagi yirik musobaqada O‘zbekiston taekvondo ustalari jami 45 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Теги: O‘zbekistonlik taekvondochilar Kore

Всего комментариев: 0
avatar