Главная » 2016 » Февраль » 14

O‘zbekistonlik yoshlar 14-fevral kuni #BoburDay aksiyasini o‘tkazadi


  • News
  • 14 Фев 2016(09:50)
  • 408
  • 0
O‘zbekistonlik tashabbuskor yoshlar tomonidan 14-fevral, yakshanba kuni soat 14:00 dan boshlab navbatdagi virtual aksiyaga start beriladi.

Shu kuni Twitter mikrobloglar xizmatining o‘zbekistonlik faol foydalanuvchilari mutafakkir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag‘ishlangan #BoburDay heshtegini jahon trendiga olib chiqish uchun harakat boshlaydi.

Ularga o‘zbek estradasi, kino san’atining yorqin vakillari ham yaqindan yordam beradi.

Aksiyada barcha ijtimoiy tarmoqlarning faollari #BoburDay yozuvi (heshtegi)ni ishlatgan holda post qoldirib, ishtirok etishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik yoshlar 9-fevral kuni Twitter’da Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag‘ishlangan #Navoiy575 heshtegini jahon trendiga olib chiqishga muvaffaq bo‘lgandi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar