Главная » 2015 » Сентябрь » 28

O‘zbekistonlik ziyoratchilar Haj—2015 mavsumidan qaytishni boshladi


  • News
  • 28 Сен 2015(18:48)
  • 549
  • 0
Kecha kechqurun Haj safaridan qaytayotgan 255 ziyoratchidan iborat dastlabki guruhlar kutib olindi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 8-oktabr kuniga qadar o‘zbekistonlik hojilarni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi samolyotlarida Jidda—Toshkent, Jidda—Buxoro, Jidda—Farg‘ona, Jidda—Andijon, Jidda—Samarqand, Jidda—Termiz, Jidda—Qarshi hamda Jidda—Urganch yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekistonga olib kelish rejalashtirilgan.

Kutib olish ishlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, mutasaddi vazirlik va idoralar hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Bugun tunda o‘zbekistonlik ziyoratchilarni navbatdagi 2 reysda, Jidda – Toshkent va Jidda – Namangan yo‘nalishlari bo‘yicha kutib olish rejalashtirilgan.

Toshkentlik ziyoratchi Ishmuxamedova Miyassar (1940-yil) o‘z hursandchiligi bilan bo‘lishdi: “Biz Yaratganga shukr aytishimiz kerak. Obod va ozod yurt – O‘zbekistondan Madina, Makka shaharlariga borib sog‘-salomat Haj amallarini bajarib qaytdik.

Toshkentdan jo‘nab ketganimizdan, mana hozirda ham hurmat, e’zoz, turli qulayliklar guvohi bo‘lib turibmiz. Ishchi guruhi, shifokorlar tomonidan bizga ko‘rsatilgan xizmatlari, oshpazlar tayyorlab bergan mazali taomlari, mehmonxonadagi sharoitlari va boshqa barcha xizmatlar uchun Yurtboshimiz boshchiligida barcha mutasaddilarga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Biz yurtimiz tinchligi, obod va farovonligini tilab barcha qadamjo, masjidlar va Arafotda turib duolar qildik. Bu yilgi Haj ba’z davlat hojilari uchun mashaqqatli kechdi, ba’zilari talofat ko‘rdi.

O‘zbekistonlik hojilar ishchi guruhi, ellikboshilarning ko‘rsatmalariga rioya qilganimiz uchun ham tinch va omonlikda amallarni bajarishga muvaffaq bo‘ldik”.

Теги: O‘zbekistonlik ziyoratchilar Haj—20

Всего комментариев: 0
avatar