Главная » 2015 » Ноябрь » 18

O‘zbekistonlik Zoyirsho Qilichev va Tolib Nizomov Fransiyaning San’at va adabiyot ordeni bilan taqdirlandi


  • News
  • 18 Ноя 2015(19:03)
  • 278
  • 0
Joriy yilning 9-noyabr kuni Fransiya qarorgohida bo‘lib o‘tgan qabul marosimida Fransiya elchisi Fransiya Respublikasi madaniyat va aloqa vaziri Flyor Pellerin nomidan o‘zbekistonlik Zoyirsho Qilichev va Tolib Nizomovlarga San’at va adabiyot ordeni kavaleri nishonini topshirdi.

“Buyuk ipak yo‘lida karvonsaroy” Fransiya—O‘zbekiston uyushmasi ta’sischilaridan biri bo‘lmish Zoyirsho Qilichev me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash bo‘yicha mutaxassisdir. Mazkur uyushma Buxoroda Isteza madrasasini hamda ikkita karvonsaroyni ta’mirladi. Isteza madrasasida bugungi kunda madaniyat markazi faoliyat yuritmoqda.

Toshkent arxitektura qurilish institutining sobiq rektori Tolib Nizomov mazkur institut bilan Versal arxitektura oliy maktabi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilishining tashabbuskorlaridan biridir. Bu hamkorlik doirasida har ikkala ta’lim muassasasi o‘rtasida talabalar va professor o‘qituvchilar almashinuvi muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Ushbu orden Fransiyada, shuningdek, butun dunyoda san’at va adabiyotning gullab-yashnashiga qo‘shgan xizmatlarini taqdirlash uchun fransuzlarga hamda chet el fuqarolariga beriladigan mukofotdir. Shu paytgacha ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Natalya Musina hamda Marinika Babanazarovalar ushbu mukofot bilan taqdirlangan.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar