Главная » 2016 » Февраль » 7

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 11-fevralgacha qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi


  • voydodaxek
  • 07 Фев 2016(23:19)
  • 362
  • 0

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 11-fevralgacha qor ko‘chishi xavfi saqlanib qoladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.

 

“6—11-fevral kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor”, — deyiladi markaz axborotida.

Qayd etishlaricha, 7—8-fevral kuni tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq 9—11-fevral kunlari qor va yomg‘ir yog‘ishi, 10—11-fevral kunlari ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

 

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar