Главная » 2016 » Сентябрь » 3

O‘zbekistonning xorijdagi barcha muassasalarida hamdardlik kitoblari ochildi


  • Pro_eXclusive
  • 03 Сен 2016(19:32)
  • 706
  • 0
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti, shuningdek, mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilingani munosabati bilan Respublikaning xorijdagi barcha diplomatik missiya va konsullik muassasalarida 3-sentabr, shanbadan boshlab hamdardlik kitoblari ochildi. Binolar oldida davlat bayroqlari tushirildi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda. Chet el hukumat va parlament a’zolari, siyosiy, madaniy, ilmiy-akademik va tadbirkorlik doiralari, jamoat tashkilotlari vakillari, oddiy fuqarolar o‘zbek xalqiga chuqur hamdardlik belgisi sifatida erta tongdan gullar keltirmoqda va mazkur kitoblarda yozuvlar qoldirmoqda.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar