Главная » 2015 » Ноябрь » 25

“O‘zbeknavo” Esmeralda Rahmatovaning litsenziyasini qaytarib berdi


  • News
  • 25 Ноя 2015(08:50)
  • 612
  • 0
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Tamila taxallusi ostida ijod qilib kelgan xonanda Esmeralda Rahmatovaning litsenziyasini qaytarib berdi.

Xonandaga birlashmaning 2015-yil 10-noyabrdagi buyrug‘iga asosan, O‘zbekistonda va uning tashqarisida konsert-tomosha yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ijrochi-jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan litsenziya taqdim etilgan.

Xabarga ilova qilingan fotosuratda litsenziya 2015-yil 10-noyabridan 2016-yil 10-avgustiga qadar amal qilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Esmeralda Rahmatovaning litsenziyasi “litsenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlarni buzgani sababli” 2015-yil 1-iyuldan to‘xtatilgan edi.
Всего комментариев: 0
avatar