Главная » 2015 » Ноябрь » 19

“O‘zbekneftgaz” 2015-yilda import hajmini 2014-yilga nisbatan 14,7 foizga kamaytiradi


  • News
  • 19 Ноя 2015(22:33)
  • 323
  • 0
“O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi 2015-yilda materiallar, xomashyo va butlovchi qismlar importini 2014-yilga nisbatan 14,7 foizga kamaytiradi. Bunday ma’lumot Toshkentda 26-oktabr — 5-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birja chog‘ida aytib o‘tildi.

Keltirilgan statistikaga ko‘ra, 2010-yilda xolding tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi amaldagi narxlar bo‘yicha 5,5 trillion so‘mdan oshgan bo‘lsa, 2015-yilda ushbu ko‘rsatkich 11,6 trillion so‘mni tashkil qildi. 2016-yil uchun prognoz 12,1 trillion so‘mga teng.

2010-yilda 178,7 million dollarlik xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar import qilingan, shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 297,3 milliard so‘mlik mahsulotlar sotib olingan.

2015-yilda ushbu ko‘rsatkichlar tegishli ravishda 483 million dollar va 1 trillion so‘mni tashkil qilmoqda.

Natijada soha bo‘yicha import hajmi 2014-yilga nisbatan 14,7 foizga qisqarishi kutilmoqda. 2016-yilda esa ushbu ko‘rsatkich 16,6 foizgacha yetkaziladi.

O‘tkazilgan tadbir davomida aksiyadorlik kompaniyalari va korxonalar tomonidan 2016-yil uchun import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni sotib olish hamda ishlab chiqarish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 756 ta shartnomalar tuzildi va ro‘yxatga olindi.

Shuningdek, Kooperatsion birja jarayonida 2016-yilda tarmoq mahsulotlarini eksport qilishga qaratilgan qator shartnomalar imzolandi.

Теги: “O‘zbekneftgaz” 2015-yilda import h, 7 foizga kamaytiradi

Всего комментариев: 0
avatar