Главная » 2015 » Декабрь » 3

OAV: 2016 yilgacha biometrik pasport olmagan fuqarolar jarimaga tortiladi


  • News
  • 03 Дек 2015(19:34)
  • 822
  • 0
“Darakchi” gazetasi o'tgan sonlarida ko'tarilgan biometrik pasport olish masalasini navbatdagi sonida davom ettirib, o'quvchilarni qiziqtirayotgan bir qancha savollarga javob berdi. Quyida bu bilan bog'liq muhim masalalarga to'xtalib o'tamiz.

Savollarga Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi markaz boshlig'i, mayor Sanjar Qosimov javob berdi.
Uning bergan ma'lumotlariga qaraganda, 2015 yil oxiriga qadar biometrik pasport olishga ulgurmagan fuqarolarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 223-moddasiga muvofiq chora ko'riladi.

Shuningdek, Qosimov bolalar pasport qanday holatlarda kerak bo'lishi haqidagi savolga javob berdi.
“O'zbekistonda bolalar pasporti degan tushuncha yo'q, - ta'kidladi u. – Odatda 16 yoshga to'lgan barcha O'zbekiston fuqarolari oddiy pasport bilan ta'minlanadilar. Bu yoshga etmagan fuqarolar xorijga chiqishi zarur bo'lgan taqdirda istisno tariqasida biometrik pasport olishlari mumkin”.

Shuningdek, xorijga chiqish vizalarini olish masalasiga oydinlik kiritildi: “O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga turizm, o'qish, davolanish va boshqa maqsadlar uchun xorijga chiqish ruxsatnomasi (stiker) 15 ish kunida berilishi lozim. Xizmat topshirig'i bilan xorijga chiqayotgan fuqarolarga esa ish joyidan taqdimnoma bo'lgan taqdirda chiqish vizasi 10 ish kunida rasmiylashtirib beriladi”

Теги: OAV: 2016 yilgacha biometrik paspor

Всего комментариев: 0
avatar