Главная » 2015 » Июль » 28

OAV: Bag‘dodda Iroqning “Hizbulloh” partiyasi yetakchisi o‘g‘irlab ketildi


  • Admin
  • 28 Июл 2015(18:21)
  • 276
  • 0

Eronning Fars axborot agentligi Bag‘dodda Iroqning “Hizbulloh” partiyasi yetakchisi Abdulrahmon Abdul az Zahra Jazoiriy o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

 

Qayd etilishicha, partiyaning harbiy qanoti — “Al Hashad Al Shabi” IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi janglarda ishtirok etib keladi. Iroq xavfsizlik xizmatlari vakilining so‘zlariga ko‘ra, harbiy kiyimdagi bir necha kishi jiplarda partiya yetakchisining uyiga kelib, uni o‘g‘irlab ketgan.

“Hizbulloh” harakati parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lgan shia partiyalarining “Iroq birlashgan alyansi” nomli blokiga kiruvchi katta ta’sirga ega siyosiy kuchlardan biridir. Bu Livandagi “Hizbulloh” harakatiga bog‘liq emas.

Теги: OAV: Bag‘dodda Iroqning “Hizbulloh”

Всего комментариев: 0
avatar