Главная » 2016 » Август » 18

OAV: Janubiy Sudan sobiq vitse-prezidenti mamlakatni tark etdi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(17:31)
  • 125
  • 0
Janubiy Sudan sobiq vitse-prezidenti Riyek Mashar unga sodiq bo‘lgan qurolli guruh va prezident Salva Kiir qo‘shinlari o‘rtasida yangi to‘qnashuv sodir bo‘lgach, mamlakatni tark etdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Mashar mintaqadagi xavfsiz mamlakatga yo‘l olgan. Avvalroq u o‘z qarorgohini tark etgani haqida xabar qilingandi. 2013-yil dekabrida Salva Kiir qo‘zg‘olonchilarning sobiq yetakchisi, o‘zining o‘rinbosari Riyek Masharning lavozimidan bo‘shatishi Janubiy Sudanda mojaro kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Ikki siyosatchi o‘rtasidagi qarama-qarshilik tufayli ularning tarafdorlari, ikki xil elat vakillari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lishi tezlik bilan avj oldi. 2015-yilning avgust oyida Kiir va Mashar tinchlik kelishuvini imzoladi. Shu yilning yanvar oyidan boshlab ular milliy birlik o‘tish hukumati tuzishga kelishib oldi. Shu yilning 7-iyul kuni hukumat kuchlari va qurollangan muxolifatchilar o‘rtasida mojaro yana tiklandi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar