Главная » 2016 » Сентябрь » 4

OAV: Rossiya va AQSh IShIDga qarshi kurash bo‘yicha kelishuvni imzolashga yaqin turibdi


  • Pro_eXclusive
  • 04 Сен 2016(15:09)
  • 313
  • 0
Rossiya va AQSh Suriyada IShIDga qarshi kurash bo‘yicha kelishuvni imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda CBS News manbalariga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda. Kelishuvga razvedka tizimlari ham jalb etilishi ko‘zda tutilgan. Suriya muxolifatidagi manbaga ko‘ra, AQShning mamlakatdagi maxsus vakili Maykl Retni muxolifatni Vashington Moskva bilan kelishuvga erishgani haqida ogohlantiruvchi hujjatni taqdim etgan. Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh prezidenti Barak Obama Moskva yon bermasa, Suriya masalasida oldinga siljish mushkulligi haqida ma’lum qilgandi. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Теги:

loading...
Всего комментариев: 0
avatar