Главная » 2015 » Декабрь » 30

Obama, Putin va Si Szinpin O‘zbekiston Prezidentini Yangi yil bilan tabrikladi


  • News
  • 30 Дек 2015(18:08)
  • 1094
  • 0
Yangi – 2016-yil kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga qator xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va jamoat arboblari samimiy qutlovlarni yubordi.

Xabarda aytilishicha, ular Islom Karimov va O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxt-saodat va omonlik tilab, o‘zlarining ezgu niyatlari izhor etgan.

Samimiy qutlovlarni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Barak Xuseyn Obama, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan, Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xe, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon, BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum, BAA Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondonining o‘rinbosari, Abu Dabi valiahdi Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va BAA Bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon yo‘lladi.

Bundan tashqari, Ispaniya qiroli Felipe VI, Polsha Respublikasi Prezidenti Anjey Duda, Kanada General-gubernatori Devid Lloyd Jonston, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev va MDH Ijroiya qo‘mitasining raisi – Ijro etuvchi kotibi Sergey Lebedev ham O‘zbekiston Prezidenti va xalqini Yangi yil bilan tabrikladi.

O‘zAning qayd etishicha, tabriknomalar kelishi davom etmoqda.
Всего комментариев: 0
avatar