Главная » 2016 » Март » 17

Og‘abek Sobirov: “Turkiston” san’at saroyida xuddi chet eldagi kabi — ochiq osmon ostida konsert bermoqchiman


  • News
  • 17 Мар 2016(22:32)
  • 702
  • 0
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov 2016-yilda konsert dasturini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Taniqli xonandaning rejalari bilan tanishish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad Og‘abek Sobirov bilan suhbat uyushtirdi.

— Shu vaqtgacha konsertingiz haqidagi xabarlarga, bannerlariga ko‘zimiz tushmadi. Bu yil konsert dasturi taqdim etish niyatingiz bormi?
— Nasib qilsa, bu yil muxlislar e’tiboriga konsert dasturimizni havola qilmoqchimiz. Dasturni “Istiqlol” san’at saroyida emas, “Turkiston”ning yozgi zalida o‘tkazishni o‘ylab qo‘ydik. Konsertning sanasi hali aniq emas, taxminan iyun oyining boshlarida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

— Nazarimda, Siz uchun “Turkiston” san’at saroyi kichiklik qiladi?
— Toshkentdagi ilk konsertimni 1998—1999-yillarda aynan “Turkiston” da berganman. Shu konsert dasturining fayzi tufayli, muxlislarimizning mehri-muhabbati sabab, qator yillar “Istiqlol” san’at saroyida jonli ijroda 7—10 kunlab konsertlar o‘tkazdik. Yangi konsert dasturini esa ochiq osmon ostida, xuddi chet eldagi konsert dasturlari kabi o‘yin-kulgi va muxlislar bilan jo‘r bo‘lib, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqchimiz. “Turkiston”dagi bu dastur mening yakkaxon konsertim emas, balki “Lazgi” ansamblining bir yillik hisobot dasturi bo‘ladi. “Lazgi” ansambli yosh bo‘lishiga qaramasdan, bir yildan ortiqroq vaqt mobaynida dasturga katta tayyorgarlik ko‘rdi.

— So‘nggi konsertingizda ijodiy an’anangiz buzildi: yillar mobaynida jonli kuylab kelgan Og‘abek Sobirov bu safar fonogrammada kuyladi. Bunga salomatligi bilan bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘ldi, degan gaplar tarqaldi.
— Ha, salomatligim bilan bog‘liq muammolar tufayli dasturni fonogramma orqali o‘tkazganim rost, ammo bu haqda gapirib, muxlislarimni vahimaga solishni xohlamayman. Nasib qilsa, hali uzoq yillar muxlislarimizni jonli kuy va qo‘shiqlar orqali xushnud qilishda davom etamiz.

— “Istiqlol” san’at saroyida konsert berayotgan aksariyat san’atkorlar jonli kuylamayotgani sababini saroy texnikasi talabga javob bermasligi bilan izohlamoqda. Siz necha yillab bu saroyda jonli ijroda kuylagansiz, boshqa xonandalarning texnikani ayblashi asoslimi?
— Bir tomondan asosli, boshqa tomondan asossiz. Asosli tomoni shundaki, haqiqatan ham san’at saroylarimizda mavjud texnikani tilini tushunib, o‘z o‘rnida ishlata oladigan texnik xodimlar juda kam. Borlari ham tadbirlar ko‘pligi bois qo‘li qo‘liga tegmaydi. Biz “Istiqlol”da jonli konsert berish uchun tayyorgarlikni ikki oy oldindan boshlardik. Toshkentdagi eng mahoratli sozandalar bilan bir yarim oy Xorazmda tayyorgarlik ko‘rib, konsertga 15 kun qolganida tayyorgarlikni poytaxtda davom ettirar edik. Texnikani bahona qilayotgan san’atkorlarning aksariyati, balki, o‘z kuchiga ishonmas. Katta mehnat, moddiy xarajatdan qochmasa, “Istiqlol”da bemalol jonli konsert qo‘yish mumkin.

Kunning boshqa qiziqarli yangiliklarini Telegram messengeridagi Official canalimiz @VOYDODATVda kuzatib boring!

Теги: Og‘abek Sobirov: “Turkiston” san’at

Всего комментариев: 0
avatar