Главная » 2015 » Июль » 13

Oklaxoma shtati vakilasi yangi “AQSh go‘zali”ga aylandi


  • Admin
  • 13 Июл 2015(19:34)
  • 408
  • 0

Amerikaning Baton-Ruj shahrida (Luiziana shtati) 12-iyul, yakshanba kuni yakunlangan “AQSh go‘zali” tanlovida Oklaxoma shtatida yashovchi 26 yoshli Oliviya Jordan g‘olib bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.

Ikkinchi o‘rin esa texaslik 22 yoshli Yulianna Guerraga berildi. Tanlovda 50 ta shtatdan va Markaziy Kolumbiya okrugidan ishtirokchilar qatnashdi.

Avvalroq “Oklaxoma go‘zali” deb tan olingan Jordan fitnes bo‘yicha instruktor va shaxsiy murabbiy bo‘lib ishlaydi. U Boston universitetini tamomlab, tibbiyot fanlari bakalavri darajasini olgan.

Теги: Oklaxoma shtati vakilasi yangi “AQS

Всего комментариев: 0
avatar