Главная » 2016 » Январь » 24

Olimlar dunyodagi eng qadimiy ertakni aniqladi 21:53, 24.01.2016 Dunyo


  • voydodaxek
  • 24 Янв 2016(23:51)
  • 452
  • 0

Nueva de Lissabon va Darem universitetlari olimlari 6000 yil avval yaratilgani taxmin etilayotgan “Temirchi va shayton” dunyodagi eng ko‘hna ertak ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Afisha Daily” xabar bermoqda.

Iblisga qalbini sotgan va buning evaziga istalgan metallni payvandlash imkoniyatini qo‘lga kiritgan temirchi haqidagi rivoyat Hindistondan Skandinaviyagacha bo‘lgan turli mamlakatlar folklorida uchraydi. Shuningdek, Gyotening “Faust”ida ham eslab o‘tiladi, biroq uning eng qadimgi manbasi bronza davrida paydo bo‘lgan.

Olimlarning bunday xulosaga kelishiga ikki mingdan ziyod afsona va rivoyat tasnif etilgan fin tadqiqotchisi Antti Aarnening “Ertak turlari ko‘rsatkichi” turtki bo‘lgani aytilmoqda.

Теги: 24.01.2016 Dunyo, Olimlar dunyodagi eng qadimiy ertak

Всего комментариев: 0
avatar