Главная » 2015 » Декабрь » 16

Olimlar odamlarning o‘limini kuzatuvchi smartfon dasturini yaratdi


  • News
  • 16 Дек 2015(21:47)
  • 625
  • 0
Avstraliyalik shifokorlar va dasturchilar qo‘l telefonlari uchun odamning qachon va nima sababdan o‘lganligini aniqlab beruvchi g‘ayrioddiy dastur yaratishdi.

Bu dastur Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga odamlarning qanday va nima sababdan o‘lishini aniqroq kuzatib borish imkoniyatini beradi. Tashkilotning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda vafot etayotgan har uch kishidan ikki nafarida buni aniqlashning imkoni bo‘lmay turibdi. Bugungi kunda dunyodagi 180 dan ziyod davlatda o‘limning sababi va vaqti haqida ishonchli statistika yuritilmaganligi oqibatida, insoniyat uchun qaysi kasalliklar va o‘limga olib keluvchi qaysi sabablar eng xavfli ekanligini aniqlashning imkoni yo‘q.

Avstraliya olimlari tomonidan yaratilgan dastur yordamida vafot etgan odamning yaqin qarindoshlari, uning kasalliklariga tegishli o‘nlab savollarga javob berib va imkon darajada uning fotosuratlarini shifokorlarning maxsus serveriga yuborib, marhumning o‘limi sabablarini qisman aniqlay oladi. Serverda fotosurat va ma’lumotlar maxsus algoritmlar yordamida o‘rganib chiqilib, marhum yashagan hududda hayot kechirishning xususiyatlari va tibbiy ahvol inobatga olinadi hamda “virtual ko‘zdan kechirish” natijalari bir zumda yaqin qarindoshlarga qaytarib yuboriladi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar