Главная » 2015 » Декабрь » 28

Olimlar qahva qaynatgichlardan xavfli bakteriyalarni topdi


  • News
  • 28 Дек 2015(11:18)
  • 345
  • 0
Qahva qaynatuvchi mashinalarda sog‘liq uchun xavfli ko‘p miqdordagi bakteriyalar mavjud. Bu holat ulardan qanchalik ko‘p foydalanishga bog‘liq emas.

Valensiya universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda o‘nta qahva qaynatgich tekshirib ko‘rildi. Ularda tayyorlangan qahvadan qolgan cho‘kindida olimlar 35 hatto 67 turdagi bakteriyani topdi. Tadqiqotchilarning fikricha, bu kabi bakteriyalar qahva qaynatgichlarning deyarli barchasida mavjud.

Shu tariqa, qahvaning yuqori harorati ham, qurilmaning bakteriyaga qarshi vositasi ham uni bakteriyalardan himoya qilmasligi aniqlandi. Shunga qaramasdan, olimlar ulardagi bakteriyalar miqdorini kamaytirish mumkin, deb hisoblaydi. Buning uchun qahva qaynatgichni haftasiga bir marta iliq suv va sovun bilan yuvish talab etiladi. Yaxshiroq natija uchun sirka qo‘shish tavsiya etiladi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar