Главная » 2015 » Июль » 31

Olimlar Yerga eng yaqin joylashgan yersimon ekzosayyorani aniqladi


  • News
  • 31 Июл 2015(14:15)
  • 1058
  • 0
“Spitser” teleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar Quyoshdan 21 yorug‘lik yili masofasida Yerga o‘xshash sayyora mavjudligini tasdiqladi, bugungi kunda u Yerga eng yaqin bo‘lgan yersimon sayyoradir.

HD 219134b sayyorasi Kassiopeya yulduzlar turkumida Glize 892 yulduzi atrofida aylanadi. Yulduz Quyoshga nisbatan unchalik yorqin va issiq bo‘lmasa-da, uni Yerdan turib, oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin. Sayyora yulduzga juda yaqin joylashgan bo‘lib, bu unda hayot bo‘lishi ehtimolini yo‘qqa chiqaradi, biroq u bizga eng yaqin yersimon sayyora bo‘lgani tufayli olimlar qiziqishiga sabab bo‘ldi.

HD 219134b Yerdan taxminan 4,5 marta og‘irroq va 1,6 marta kattaroq bo‘lib, o‘z yulduzi atrofida uch kunda aylanib chiqadi.

Теги: Olimlar Yerga eng yaqin joylashgan

Всего комментариев: 0
avatar