Главная » 2016 » Сентябрь » 15

Oy tasviri tushirilgan ulkan shar Xitoy ko‘chalari bo‘ylab dumalab ketdi (


  • Pro_eXclusive
  • 15 Сен 2016(10:18)
  • 405
  • 0
Sentabr o‘rtasida Xitoyning Fuchjou shahri ko‘chalari bo‘ylab Oy tasviri tushirilgan ulkan shar dumalab ketdi. Hodisa aks etgan video mahalliy Weibo ijtimoiy tarmog‘ida juda ommalashib ketdi, sharning o‘zi esa memga aylandi, deb yozadi TJournal. Ta’kidlanishicha, hodisa Meranti to‘foni tufayli yuz bergan, u 2016-yilda dunyoda kuzatilgan eng kuchli to‘fon deb ataldi. Dastlab shishirilgan Oy Xitoyda 15-sentabr kuni nishonlanadigan Kuzning o‘rtasiga bag‘ishlangan installyatsiya doirasida mahalliy savdo markazi qarshisiga joylashtirilgan edi. Dumalab yurgan shar aks etgan video Weibo ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘lgach, u ommabop memga aylandi. Tarmoqning ko‘pchilik foydalanuvchilari “sarxush” Oyni jonli qilib tasvirlashga urindi. Ko‘plarni installyatsiyaning yana boshqa ishtirokchilari — shishirilgan quyonlar taqdiri ham tashvishlantirdi, ular, keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ishchilar tomonidan yig‘ishtirib olingan.

Теги: Oy tasviri tushirilgan ulkan shar X

Всего комментариев: 0
avatar