Главная » 2015 » Март » 6

Oybek Nigoradan xavotirda...


  • Admin
  • 06 Мар 2015(16:57)
  • 936
  • 0

Yaqinda bir guruh xonandalar Qoraqalpog‘iston respublikasida gastrol safarida bo‘lib qaytishdi. Ular orasida yoshlarning eng sevimli duet guruhi Oybek va Nigora ham ishtrok etib, qoraqalpog‘istonlik yoshlar bilan ijodiy muloqotda bo‘lishdi va konsert dasturlari taqdim etishdi. Ayni kunlarda Oybek va Nigora Qo‘qon shahrida ayollar bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarda o‘z qo‘shiqlari bilan ishtrok etmoqdalar.
Bayramga munosib sovg‘a tariqasida tashkil etilgan konsert dasturlarida muxlislarini hushnud etishmoqda.  
Qolaversa, mazkur duet guruh yaqin kunlarda navbatdagi yangi ijod mahsulini keng ommaga havola etish istagida. Yangi tarona sokin ruhda yaratilgan bo‘lib, “Havotirdaman” deya nomlanadi. Ma’lum bo‘lishicha, bu qo‘shiqning so‘zi va musiqasi guruh a’zosi Oybek Alimov. Iste’dodli ijodkor Jasur Javhanazarov esa musiqiy sayqal bergan.
Yaqin orada mazkur tarona uchun videoklip suratga olish ishlari boshlab yuboriladi. Bu haqda maxsus fotoreportaj ham taqdim etamiz. Kuzatib boring va yangi tarona premerasini o‘tkazib yubormang.   

Теги: Oybek Nigoradan xavotirda...

Всего комментариев: 0
avatar