Главная » 2015 » Ноябрь » 19

Oybek va Nigoraning to‘yi ixcham o‘tadi, ular to‘ydan keyin asal oyiga bormaydi


  • News
  • 19 Ноя 2015(22:31)
  • 1004
  • 0
Xonandalar Oybek va Nigora 21-noyabr bo‘ladigan to‘y marosimiga tayyorgarlik ko‘rish bilan band, deb yozadi “Sug‘diyona” gazetasi.

Nigora to‘y libosi tanlashda rosa ikkilanayotganini ma’lum qilgan bo‘lsa, Oybek to‘yoldi uy ta’mirlash ishlarida ustalar bilan tengma-teng ishlayapti.

“30-may kuni yaqin do‘stimizning tug‘ilgan kunida turmush qurish haqida gap ochilib qoldi. Yaxshi niyat bo‘lgan ekan… Keyin ikkimiz bu haqda gaplashdik, uyiga ota-onamni yubordim. Qolgani o‘zingizga ma’lum”, — dedi Oybek.

Nigoraning aytishicha, Oybekning uyidagilari kelishi uning oilasi uchun kutilmagan voqea bo‘lgan. “To‘yimiz oddiy, ixcham bo‘lishini istadim. To‘ydan keyin asal oyiga bormaymiz”, — deydi Oybek.

Gazeta muxbirining “Shuncha yil jurnalistlarning munosabatlaringiz haqidagi savollaridan qochib, haqiqatni sir tutganingiz sababi nimada?”, — degan savoliga xonanda Oybek shunday javob berdi:

“Ahdu-paymon qilgan bo‘lsak-da, bu haqida yaqinlarimizga aytmagandik. Bilasiz, o‘zbekchilikda bunday narsalarni kattalar bilan hal qilish kerak. Ota-onalarimizning roziligini olmay, munosabatlarimizni omma qilish to‘g‘ri bo‘lmasdi”.

Xonanda Nigoraning qo‘shimcha qilishicha, u kelinlik xizmatiga tayyor. “Hamma narsa qo‘limdan keladi. Faqat taomning tuzini sho‘rroq yo kamroq qilib qo‘ysam, aybga buyurishmas. Bilmaganimni oyijonimdan o‘rganib, namunali kelin bo‘lishga harakat qilaman”, — dedi Nigora.
Всего комментариев: 0
avatar