Главная » 2015 » Октябрь » 16

Oyning eng-yaxshi tyuninglari: tezkor, baquvvat va chiroyliroq


  • News
  • 16 Окт 2015(09:33)
  • 952
  • 0
Har oy Motor.ru butun dunyodagi eng qiziqarli tyuning loyihalarni to‘playdi. Yangi sharhda to‘qqizta noananaviy avtomobillar: olti g‘ildirakli pikap Land Rover Defender va xromlangan Bentleydan boshlab, 950-kuchli karbondan yasalgan Audi R8 ham bor.

AMS Performance atelyesidan Nissan GT-R ning qo‘shimcha ishlash loyihasi.

Avtomobil ADV1 firmasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, o‘z disklaridan birini reklama qilishga mo‘ljallangan. Bu GT-R ga 21 dyuymli g‘ildiraklar o‘rnatilgan.

Superkarning oldingi qismi bo‘yalmagan karbondan, qolgan qismi oltin rangda yasalgan.

Tashqi ko‘rinishiga qaraganda GT-R ancha modernizatsiya qilingan, lekin barcha o‘zgartirishlar ro‘yxatini ADV1 keltirmagan.

Mansory atelyesidan Bentley Continental GT Convertible loyihasi.

Kuzov usti — sabzi rang xrom ugleplastik bilan uyg‘unlashgan.

O‘n ikki silindirli olti litr hajmga ega tvin-turbo motorni 590 ot kuchidan 986 ot kuchiga o‘zgartirishdi. Minimal aylanish soniyasi 720 dan 1200 Nm ga oshdi va undan daqiqasiga 2100 aylanishdayoq foydalansa bo‘ladi.

Salon sabzi rang charm, karbon va yog‘ochdan ishlangan.

Orqa o‘rindiqlar ortida yog‘ochdan yasalgan bezak o‘rnatilgan.

Noldan soatiga yuz kilometrga bunday avtomobil 3,9 soniyada tezlashadi. Maksimal tezligi 330 km/s.

BMW i8 gibrid sportkari Turner Motorsport o‘zgartirishlari bilan.

Kupe yangi rang, Forgeline g‘ildirak disklari, titanli o‘tqazgich va H&R sport prujinalariga ega bo‘ldi.

Boshqa yo‘nalishlarda sportkar standart holatda qoldi.

Avtomobilni AQShda 145 ming dollarga sotishmoqda.

TopCar atelyesi tomonidan Vantage nomli tyuning Porche Cayenne programmasi.

Kuzov panellarining asosiy qismini o‘zgartirishdi va yangi oq-qora g‘ildirak disklari o‘rnatishdi.

Obves 14,8 ming yevroga, uning karbon talqini esa 21,3 ming yevroga aylanadi.

Britaniyalik Project Kahn tyuner, Land Rover Defender asosida ikkita kabinaga ega, olti g‘ildirakli pikapni yaratdi.

Bazaviy motor sifatida 2,2 litrli dizel qolgan. Bu mashinaning narxi kamida 99,8 ming funt-sterligga (152 ming dollarga) teng bo‘ladi.

Bunday pikap GM konsernining 430-kuchga ega 6.2 «sakkisligi» bilan ta‘minlanadi.

Kahn atelyesi har yili 20 ta shunday mashina terishni rejalashtirmoqda.

Startech firmasi Land Rover Discovery Sport avtomobili uchun o‘z talqinini yaratdi.

«Disko» yangi kuzov obvesiga, aynan shu loyiha uchun yaratilgan 22 dyuymli disklarga, karbon, sharm va al‘kantara bilan ishlov berilgan salonga ega bo‘ldi.

Avtomobil 2,2 litrli, 210 kuchli dizel bilan ta‘minlangan bo‘lib, «yuz» ga 8,9 soniyada erishadi.

Tesla Model S elektrosedanini Brabus tomonidan qayta ishlash loyihasi.

Sedan uchun karbonli stayling-kut, 21 dyuymli disk va olgi g‘ildiraklar 255/35 razmerli, orqa g‘ildiraklar 265/35 razmerli pokrishkalarga ega bo‘ldi. Shinalarni xaridorning o‘zi — Pirelli yoki Yokohama firmalaridan birini tanlashi mumkin.

Texnik ko‘rsatgichlarni Brabus tegishmaslikka qaror qildi.

Model S uchun markaziy tonelni: mayda-chuydalar uchun qo‘shimcha bo‘lim, stakanlardagi suyuqliklarni isitish va sovutish imkoniyatiga ega maxsus joy va smartfonlar uchun simsiz quvvatlash joyi bilan ta‘minlashdi.

Amerikalik tyuner Callaway, «Korvetlar» mutahassisi hisoblanadi. Ular FIA GT3 chempionati uchun avtomobil yaratdi.

6,2- litrli motor V8, FIA talablariga javob beradigan darajaga keltirilgan va 600 ot kuchiga ega.

Теги: Oyning eng-yaxshi tyuninglari: tezk, baquvvat va chiroyliroq

Всего комментариев: 0
avatar