Главная » 2015 » Ноябрь » 13

Ozodbek Nazarbekov Lutfiy g‘azallarini ham qo‘shiq qilmoqchi


  • News
  • 13 Ноя 2015(18:21)
  • 812
  • 0
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov “Buyuk siymolar ijodidan” loyihasini davom ettirishga kirishdi.

Avvalroq Ozodbek Nazarbekov “Buyuk siymolar ijodidan” loyihasi doirasida Bobur g‘azallarini qo‘shiq qilib kuylagan, bu qo‘shiqlarini alohida to‘plam sifatida taqdim etgandi.

“Mayli-da, ular orasidan birgina qo‘shig‘imiz ommalashdi. “Lola”ni bugun qaysi tadbirga bormay, jo‘r bo‘lib kuylashadi”, — deya tan oladi O‘zbekiston xalq artistining o‘zi.

“Endigi navbat Lutfiy ijodiga. Kuni-kecha shoirning “Yiroq” nomli g‘azali bilan tanishdim. G‘azalni o‘qir ekanman, qalbimda unga monand musiqa ham yaraldi. O‘ylaymanki, yangi albomim muxlislarimni befarq qoldirmaydi”, — deydi xonanda.
Всего комментариев: 0
avatar