Главная » 2015 » Март » 19

Озодбек Назарбеков: «Пулим ҳаддан зиёд кўп бўлишини хоҳламайман»


  • Admin
  • 19 Мар 2015(20:26)
  • 2750
  • 0

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov moliyaviy erkinlik haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri.

 

Ijodkor moliyaviy erkinlikning insonni o‘zgartira olish xususiyatiga to‘xtalar ekan, uning yaxshi tomonidan yomoni ko‘proq ekanligini qayd etdi: “Pul har qanday odamni o‘zgartirishga qodir, faqat aqlli insonlargina pulni to‘g‘ri sarflashi mumkin. Pul qancha ko‘paygani sari, muammo va tashvishlar ham shuncha kattalashadi.

Men pulim haddan ziyod ko‘p bo‘lishini xohlamayman. Oilamga yetadigan daromadim bo‘lsa, yetarli, undan oshig‘i oshiq”.

Ozodbek Nazarbekov, shuningdek, odamzod yo‘qchilikdan ham, to‘qchilikdan ham, shon-shuhratdan ham – hamma-hammasidan zerikishi mumkinligini aytdi: “Shunday paytda musiqa ham eshitmayman. Hech kim bilan gaplashmayman”.

Всего комментариев: 0
avatar