Главная » 2015 » Сентябрь » 23

P Diddy dunyodagi eng yuqori haq to‘lanuvchi reper deb topildi


  • News
  • 23 Сен 2015(16:48)
  • 548
  • 0
P Diddy taxallusi bilan mashhur musiqachi Shon Kombs Amerikaning Forbes jurnali tomonidan tuzilgan Hip-Hop Cash Kings — eng yuqori haq to‘lanuvchi xip-xop ijrochilari reytingida birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Forbes’ning ma’lum qilishicha, o‘tgan yili uning daromadi 60 million dollarni tashkil etgan. Qo‘shiqchi daromadining asosiy qismi uning chiqishlaridan emas, balki Revolt teleshousi, Sean John kiyim markasi, Aquahydrate suvidan tushgan mablag‘lardan iborat.

Ikkinchi o‘rinni 2014-yilda 56 million dollar ishlab topgan reper Jay-Z egalladi. Uchinchi o‘rindan esa 39,5 million daromadi bilan Drake joy oldi.

To‘rtinchi o‘rinni Dr.Dre (33 million dollar) va beshinchi o‘rinni Farell Uilyams (32 million dollar) qo‘lga kiritdi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar