Главная » 2016 » Август » 17

“Pakana” laqabli narkobaronning o‘g‘li Meksikada odam o‘g‘irlash qurboniga aylangan bo‘lishi mumkin


  • Pro_eXclusive
  • 17 Авг 2016(09:00)
  • 194
  • 0
Ayni paytda hibsda saqlanayotgan meksikalik narkobaron Xoakin Gusmanning o‘g‘li avvalroq Meksikaning Puerto-Valyartadagi restorandan o‘g‘irlab ketilgan kishilar orasida bo‘lishi mumkin, deb yozadi “Interfaks” mahalliy hukumatga tayanib. O‘g‘irlanganlarning ba’zilari qalbaki hujjatlardan foydalangan, bu ularning shaxsini aniqlash jarayonini sezilarli tarzda qiyinlashtiradi. Hujum mahalliy “jinoiy guruh” tomonidan amalga oshirilgani aytilmoqda, ammo uning nomi ma’lum qilinmadi. Nashr eslatishicha, avvalroq yetti nafar qurollangan shaxs Puerto-Valyarta shahridagi restoranga bostirib kirib, olti kishini asirga olgan edi. Meksikaning “Sinaloa” narkokarteli yetakchisi, “El Chapo” (“Pakana”) laqabli Xoakin Gusman qochganidan keyin yanvar oyida qayta qo‘lga olingan edi.

Теги:

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar