Главная » 2015 » Декабрь » 25

Pavel Durov: Telegram uchinchi tomonga foydalanuvchilar shaxsiy ma’lumoti va shifrlash kalitlarini bermaydi


  • News
  • 25 Дек 2015(20:35)
  • 293
  • 0
Telegram asoschisi Pavel Durov “bir yoki ikki bozordagi” blokirovka qilinish xavfi kompaniyaning manbalarni oshkor etmaslik siyosatiga ta’sir qilmasligi, messenjer “o‘nlab bozorlardagi o‘nlab millionlab kishilar orasida ommalashgani”ni ma’lum qildi.

Durovning ta’kidlashicha, Telegram uchinchi tomonga foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari va shifrlash kalitlarini bermaydi. Rossiya huquq-tartibot idoralarining shaxsiy yozishmalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishi esa “shaxsiy manbalarning qora bozori” paydo bo‘lishiga olib keladi.

Oldinroq rasmiylarga shifr kalitlarini berishdan bosh tortgan taqdirda Telegram yopilishi mumkinligi to‘g‘risida Rossiya prezidentining internetni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan biznesmen German Klimchenko ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, Telegram’dan “Amerikada ham, Fransiyada ham kirishga ruxsat va kod so‘raladi, rad etgan taqdirda faoliyati to‘xtatiladi”.
Всего комментариев: 0
avatar