Главная » 2015 » Ноябрь » 20

Pepsi kompaniyasi o‘z smartfonini taqdim etdi


  • News
  • 20 Ноя 2015(19:56)
  • 323
  • 0
Pepsi Phone 5,5 dyuymli, 1920 x 1080 pikselli 2,5D displeyga ega bo‘ldi. Shuningdek, unda 64 bit, 1,7 GGs chastotali sakkiz yadroli MediaTek MT6792 protsessori, 2 GB tezkor va 16 GB doimiy xotira, 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera hamda 3000 mAs sig‘imga ega akkumulyator mavjud.

Slot ikkita SIM-kartadan foydalanishga mo‘ljallangan. Smartfon to‘rtinchi avlod LTE mobil tarmog‘ini “ko‘tara oladi”. Pepsi Phone’ning o‘lchamlari 152,2×76,2×7,7 mm, og‘irligi 158 grammga teng. Gadjet korpusi moviy, oltin va kumush ranglarda chiqariladi.

Smartfon, shuningdek, tobora mashhur bo‘lib borayotgan barmoq izlari skaneriga ham ega.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar