Главная » 2016 » Август » 18

Peterburgda dunyoga kelgan to‘rt egiz Lipetskdagi uyiga yo‘l oldi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(11:57)
  • 268
  • 0
Peterburgning Almazova markazida dunyoga kelgan to‘rt egiz — Misha, Vanya, Sasha va Matveyga uyga javob berildi va ular Lipetskka yo‘l oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. “Biz uyga poyezdda, alohida kupeda boramiz, uyda barcha narsalar — har bir bolakay uchun alohida karavotcha tayyorlab qo‘yilgan”, — deydi egizlarning otasi Yuriy. U mexanizatsiyalashgan tarmoqda operator bo‘lib ishlaydi. Uning turmush o‘rtog‘i Liliya homiladorlikning asoratlari tufayli peterburglik shifokorlarning nazorati ostida bo‘lgan vaqtda hamda tug‘uruqdan keyingi bir oy davomida Yuriy ota-onasining uyini ta’mirdan chiqardi. Ular bolalarni shu yerga olib keldi. Yosh oilaning hozircha o‘z uyi yo‘q. Bolalar o‘zini yaxshi his qilmoqda va faol vazn to‘plamoqda.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar