Главная » 2015 » Декабрь » 18

Polsha prezidenti noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobil uchun jarimaga tortildi


  • News
  • 18 Дек 2015(15:27)
  • 484
  • 0
Polsha prezidenti Anjey Dudaga noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobil uchun jarima yozildi. Davlat rahbarining o‘zi hozir xizmat limuzinlarida yuradi, uning nomidagi qizil Golf mashinasini Krakovdagi uyi oldida oila a’zolaridan kimdir qoldirgan bo‘lishi mumkin.

Avtomobil noto‘g‘ri qo‘yilgani uchun uning g‘ildiraklari yo‘l xizmati xodimlari tomonidan blokirovka qilingandi. 16-dekabr, chorshanba kuni prezidentning qizi Kinga Duda mashinani boshqa joyga olish uchun avtomobil atrofida paydo bo‘ldi, shuningdek, jarimani ham to‘ladi.

Ushbu hodisa Polsha OAVlarida keyingi bir necha kun mobaynida asosiy mavzuga aylandi.
Всего комментариев: 0
avatar