Главная » 2015 » Июль » 29

“Proton-M” tashuvchi raketasi Boyqo‘ng‘irdan 28-avgust kuni uchiriladi


  • Admin
  • 29 Июл 2015(19:03)
  • 423
  • 0

May oyidagi avariyadan keyin to‘xtab qolgan “Proton-M” tashuvchi raketasini uchirishga tayyorgarlik ishlari yaqin kunlarda Boyqo‘ng‘ir kosmodromida yangilanadi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.

 

Raketa Buyuk Britaniyaning “Inmarsat—5FZ” aloqa sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqadi. “Roskosmos” tomonidan tasdiqlangan yangi parvozlar jadvaliga binoan, raketa uchirilishi 28-avgustga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, parvozlar 16-may kuni Meksikaning “MekSat-1” aloqa sun‘iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqishda yuz bergan avariya tufayli to‘xtailgan edi. Bungacha roppa-rosa bir yil oldin ham xuddi shunday avariya sodir bo‘lgan.

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar