Главная » 2015 » Июль » 18

Putin Eron yadro dasturi masalasini hal qilishda AQShning yetakchi rolini e’tirof etdi


  • Admin
  • 18 Июл 2015(12:05)
  • 348
  • 0

Rossiya Xavfsizlik kengashining soimiy a’zolari hamda prezident Vladimir Putin Eron yadro dasturi masalasini hal qilishda AQShning yetakchi rolini e’tirof etdi, deb xabar bermoqda “TASS.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti XK a’zolarini ushbu haftada AQSh prezidenti Barak Obama, Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo va Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte bilan telefon prqali suhbatlashgani haqida xabardor qilgan.

Rossiya XK yig‘ilishida bosh vazir Dmitriy Medvedev, prezident ma’muriyati rahbari Sergey Ivanov, Davlat dumasi spikeri Sergey Narishkin, mudofaa vaziri Sergery Shoygu, XK kotibi Nikolay Patrushev, ichki ishlar vaziri Nikolay Kolokolsov, Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov, Tashqi razvedka xizmati rahbari Mixail Fradkov, XK kotibi o‘rinbosari Rashid Nurgaliyev va XK a’zosi Boris Grizlov ishtirok etdi.

Теги: Putin Eron yadro dasturi masalasini

Всего комментариев: 0
avatar